
Erik ten Xag: Ronalduning shunday ketishiga yo‘l qo‘ymayman!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning sotib yuborilishini to‘xtatib turibdi.
Niderlandiyalik mutaxassis jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmayotgan yulduz bilan uchrashib, uning kelajagi haqida yuzma-yuz gaplashib olmoqchi.
Bosh murabbiy Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh bilan birinchi uchrashuv muvaffaqiyatli bo‘lganini inobatga olib, tomonlar yana bir bor ko‘rishsa, mashhur to‘purarni jamoada qolishga ko‘ndira olishiga ishonmoqda.
Ronaldu o‘tgan mavsumda 38 ta uchrashuvda 24 ta gol urib, manchesterliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar