
Ronaldu qishda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkinligi inkor etilmayapti
Insayder Fabritsio Romano yanvar oyidagi transfer oynasida hujumchi Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dan ketishini istisno qilmayapti. Eslatib o‘tamiz, yozda portugaliyaliklar o‘ziga yangi jamoa topa olmagandi.
“Men buni istisno qilmagan bo‘lardim. Agent Xorxe Mendesh echim topishga harakat qilmoqda. Shu bois, uni qaysidir jamoa bilan muzokara o‘tkazayotganini inkor eta olmaymiz ”, — dedi Romano.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda Ronaldu atigi bitta gol urdi. U Evropa Ligasida doirasida " Moldavaning "Sherif" klubi darvozasini ishg‘ol qildi.
Fikrlar