Ronaldu qachon futboldan ketishini aytdi

  • 3 iyul, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu jahon futbolida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Shunga qaramay, 37 yoshli hujumchining faoliyatida so‘nggi bosqich boshlangan.

Tecno

Porutgaliyalik yulduz qachongacha to‘p tepishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi, - deb yozmoqda The Times gazetasi.

Manbaning ta’kidlashicha, Ronaldu yana 3-4 mavsum davomida yuqori saviyada o‘ynashni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi faoliyati katta so‘roq ostida turibdi. Krishtianuning jamoadagi muhit qoniqtirmayapti. Mashhur to‘purar jamoaning kelasi mavsumda ham yuqori marralar uchun kurashishiga ishonmayapti.

Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world  portali ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu klublar miqyosidagi musobaqalarda 932 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 698 ta gol va 230 ta assist rasmiylashtirgan.

Shuningdek, Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 189 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 117 bor ishg‘ol qilgan va bu borada rekordchi hisoblanadi.                

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!