
Ronaldu Pioliga minnatdorchilik bildirdi
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubidan iste’foga chiqarilgan Stefano Pioliga minnatdorchilik bildirdi. Italiyalik mutaxassis 2024 yilning sentyabr oyidan buyon jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgandi.
"Hammasi uchun rahmat", - deb yozdi portugaliyalik hujumchi X ijtimoiy tarmog‘ida italyan tilida.
O‘tgan mavsumda "An-Nasr" birorta ham sovrin yuta olmadi. Saudiya Arabistoni chempionatida jamoa 70 ochko to‘plab, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Avvalroq, Piolining tayinlanishiga "Fiorentina" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu 2023 yilning yanvaridan beri Saudiya Arabistoni klubida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda Ronaldu "An-Nasr" safida barcha musobaqalarda 35 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar