Ronaldu osiyolik futbolchilarga g‘alaba qozonish sirini ochdi

  • 23 avgust, 2023, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Saudiya klubi Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” jamoasi bilan o‘z maydonida o‘ynaganiga qaramay, 88-daqiqagacha 1:2 hisobida ortda qolayotgan edi.

Biroq so‘nggi daqiqalarda raqib darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan riyodliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.

- Qiyin o‘yin. Lekin Osiyo Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqish yo‘lidagi muhim g‘alaba! Oxirigacha ishonchingizni yo‘qotmang! Hech qachon taslim bo‘lmang!, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!