Ronaldu: Marhamat qilib, qarzimni uzib qo‘yinglar!

  • 6 dekabr, 2022, 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi bekor qilinganidan keyin erkin agentga aylangan Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan pul undirishga kirishdi.

Tecno

Portugaliyalik yulduz 2020 yili tasdiqlangan kelishuv bo‘yicha “Yuventus” unga  19,9 million evro to‘lagi kerakligini uqtirmoqda.

Football Italia va La Gazzetta dello Sport nashrlarining ma’lum qilishicha, Ronaldu o‘z haqidan voz kechmoqchi emas. Shu bois u ishga o‘z yuristlarini jalb qildi va ular vaziyatni o‘rganishni boshladi.

Shu bilan birga ayni paytda Italiya prokuraturasi tomonidan “Yuventus”ning moliyaviy firibgarliklari tekshirilmoqda. Bundan bir necha kun muqaddam klub prezidenti Andrea Anelli boshchiligidagi boshqaruv shtabi iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!