Ronaldu kurashga tayyor

  • 19 noyabr, 2022, 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bor e’tiborini Qatardagi jahon chempionatiga qaratgan.

Tecno

37 yoshli hujumchi Portugaliya terma jamoasi safida mundialning guruh bosqichida Gana, Urugvay va Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi o‘yin o‘tkazishi kutilmoqda.

- Ishtiyoqim baland. Ajoyib murabbiyimiz bor, zo‘r o‘yinchilar avlodi yig‘ilgan. Jahon chempionatidagi o‘yinimizni sabrsizlik bilan kutyapman. Debyut muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb umid qilaman. Hamma narsa bo‘lishi mumkin va biz oxirigacha kurashishga tayyormiz, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Qatardagi turnir Ronaldu uchun futbolchi sifatida oxirgi jahon chempionati hisoblanadi. Qolaversa, Krishtianu jahon chempionatidan boshqa o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlarda g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!