
Ronaldu ikkita o‘yindan beri gol urmayati. "An-Nasr" esa sentyabrdan buyon ilk marta mag‘lub bo‘ldi
Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkita o‘yindan buyon samarali harakat amalga oshira olmayapti.
"An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al-Ittihod"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ronaldu ushbu bahsda gol ham assist ham qayd eta olmadi. Portugaliyalik forvard 3 mart kungi "Al-Batin"ga qarshi o‘yinda ham maydonni golsiz tark etgandi.
Ronaldu Saudiya chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ygan. "An-Nasr" esa ligada sentyabr oyidan buyon ilk bor mag‘lub bo‘ldi. O‘shanda jamoa 2-turda "At-Taavun"ga engilgan edi.
Ma’lumot uchun, riyodliklar ushbu mag‘lubiyatdan keyin turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Peshqadam "Al-Ittihod"dan jamoa 1 ochko ortda bormoqda.
Fikrlar