Ronaldu hech bir futbolchi qilmagan ishni qildi!

  • 19 oktabr, 14:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" forvardi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turida “Al-Fateh”ga qarshi uchrashuvda (5:1) jamoasining ikkinchi golini urdi. Bu gol portugaliyalik yulduz uchun klublar tarkibidagi 800-gol bo‘ldi.

Tecno

40 yoshli futbolchi shu tariqa tarixda klublar safida 800 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan ilk futbolchiga aylandi.

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi o‘z karerasida 450 golni “Real Madrid”da, 145 golni “Manchester Yunayted”da, 101 golni “Yuventus”da, 99 golni “An-Nasr”da va 5 golni “Sporting” safida urgan.

Jami hisobda u klub va terma jamoa tarkibida 949 gol muallifiga aylangan.

Ronalduning riyadliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining transfer narxi 12 million evro etib belgilangan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!