Ronaldu faoliyati davomidagi eng yaxshi lahzalar va Messi haqida gapirdi

  • 30 yanvar, 20:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu "El Chiringuito"ga bergan intervyusi davomida faoliyatidagi eng yaxshi paytlar va asosiy raqobatchisi Lionel Messi haqida gapirdi. 
 
"Menimcha "qirollik klubi"da futboldagi eng baxtli onlarimni o‘tkazdim. Balki futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin bu klub bilan mening o‘rtamda nimadir sodir bo‘lar. 
 
Messi bilan munosabatlarim hech qachon yomon bo‘lmagan. Men va uning qilgan ishlari kelajakda qaytariladimi? Bu ish bo‘lsa futbol uchun ajoyib bo‘lardi, ammo menimcha bu juda qiyin" - dedi, portugaliyalik yulduz. 
 
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu "qaymoqranglilar" safida 438 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 450 ta gol va 131 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!