
Ronaldu Erik ten Xagni “portlatgan” gaplar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi
“Manchester Yunayted” va Erik ten Xagni muntazam tanqid qilib kelayotgan jurnalist Pirs Morgan niderlandiyalik mutaxassisning ishdan olinishini e’tibormiz qoldirmadi.
Aynan Pirs Morganga bergan intervyusi tufayli Krishtianu Ronaldu Erik ten Xag va klub rahbarlari bosimi ostida qolgan va oxir-oqibat Manchesterni tark etgan edi.
- “Manchester Yunayted”da yuzaga kelgan vaziyat Krishtianu Ronaldu men bilan bo‘lgan “olovli intervyu”da aytgan gaplari haqiqat ekani o‘z tasdig‘ini topdi.
Erik ten Xag ortiqcha maqtalgan, oyog‘i erdan uzilgan, boshqalarni hurmat qilmaydigan, jahon darajasidagi iste’dodlar bilan ishlashga qodir bo‘lmagan, katta klub jamoasini boshqara olmaydigan murabbiy edi.
Yaxshi xabar ham bor – Erik ten Xag baribir xotirjam uxlayveradi, - dedi Pirs Morgan.
Fikrlar