Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchilar beshligiga ham kirmaydi

  • 20 oktabr, 2021, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur futbolchi Antonio Kassano "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga qo‘shmadi.

Tecno

"Pashshadan fil yasashni bas qiling. Ronaldu tarixdagi eng yaxshi futbolchi? U hatto kuchli beshlikka ham kirmaydi. Men uchun Messi, Pele, Maradona, Kroyf va Ronaldo boshqa saviyada", - dedi Kassano TuttoJuve nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Ronaldu 5 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Bu borada undan faqatgina Lionel Messi oldinda. Argentinalik iqtidor egasida “Oltin to‘p”lar soni 6 ta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!