Ronaldu “Chelsi” xo‘jayini taklifini qabul qildi. MYu rahbarlari g‘azabda!

  • 23 oktabr, 2022, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Tottenxem”ga qarshi uchrashuv vaqtida stadiondan ketib qolgani va Erik ten Xagning unga qo‘llagan jazo choralari keng muhokama qilinayotgan bir paytda ayrim manbalar portugaliyalik hujumchi “Chedsi” xo‘jayini Todd Byolining birga ovqatlanish taklifini qabul qilganini aniqladi.

Tecno

Jurnalistlar Ronaldu va Todd Byolini kechki ovqat ustida “qo‘lga tushirishgan”.

Bu xabar “Manchester Yunayted”ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasiga ham etib bordi. Ular 37 yoshli hujumchining bu ishidan g‘azabga kelgani aytilmoqda.

“Chelsi”ni Roman Abramovichdan sotib olgan Todd Byoli yozdan beri jamoasiga Krishtianu Ronalduni olib kelmoqchi bo‘lyapti.

O‘zaro uchrashuvda amerikalik biznesmen portugaliyalik yulduzga o‘z rejalarini oshkor qilgan va hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!