Ronaldu “buyuklar” qatoriga kiritilmadi

  • 24 sentabr, 2022, 18:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” va Italiya terma jamoasining eng mashhur himoyachilaridan biri Paolo Maldini o‘zi o‘yinlarini ko‘rgan eng kuchli uch futbolchi nomini aytdi.

Tecno

Italiyalik futbolchi jahon futbolida eng ko‘p to‘p kiritgan Krishtianu Ronalduni eng zo‘r charm to‘p ustalari qatoriga qo‘shmadi.

- Men o‘z faoliyatim davomida maydonga ko‘rgan eng zo‘r o‘yinchilar bu Lionel Messi, Diego Maradona va braziliyalik Ronaldo edi, - dedi Paolo Maldini.

Braziliyalik Ronaldo faoliyati davomida Evropada “Barselona”, “Real”, “Inter” va “Milan” jamoalari sharafini himoya qilgan. Klublar miqyosida 295 ta va terma jamoasi uchun 62 ta to‘p kiritgan.

Maradona esa klublar miqyosida 343 ta bellashuvda 159 ta, Argentina terma jamoasi uchun 90 ta bashda 34 ta gol urgan.

Kuchli uchlik vakillari o‘rtasida futbolchilik faoliyatini davom ettirayotgan Lionel Messi klublari safida 823 ta o‘yinda 689 ta, terma jamoada 162 ta bahsda 86 ta gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!