Ronaldu: Bu ikki kalamushni deb faoliyatimni tugatmayman!

  • 18 sentabr, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu televidenie ekspertlarining tanqidlariga munosabati qanday ekanini ma’lum qildi.

Tecno

Odamlar doim yomon narsalarga e’tibor qaratadi va yaxshiliklarni hamma ham ko‘ra olmaydi. Men ikkita kalamushning tanqidi tufayli faoliyatimni tugatmayman. Muxlislar meni yaxshi ko‘radi, butun dunyo yaxshi ko‘radi. Mana shu narsa futbol o‘ynashda davom etishimga ishtiyoq beradi.

Hech kim tanimaydigan televideniedagi ikki nusxaning tanqidi mening porlashimga to‘sqinlik qila olmaydi, - dedi portugaliyalik hujumchi.

39 yoshli Ronaldu jahon futbolida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Krishtianu Ronalduning umumiy gollari sonini 900dan o‘tdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!