
Ronaldu bosh sovrinni qo‘lga kiritganidan keyin faoliyatini tugatish haqida gapirdi
UEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqqan Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu uchrashuvdan keyin faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savollarga javob qaytardi.
- Yoshim nechchida ekanini judya yaxshi bilasizlarku. Faoliyatim oxiiriga yaqinlashib borayotgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.
Shu bois, men har bir lahzadan ko‘proq lazzatlanishga harakat qilishim kerak. Agar jiddiy jarohat olmasam, futbol o‘ynashda davom etaveraman, - dedi 40 yoshli to‘purar.
Qizig‘i shundaki, Ronaldu uchrashuvning 88-daqiqasida shikastlangani uchun zaxiraga olingan edi. Ronaldu bu bahsda to‘p kiritib, xalqaro maydonda gol urish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Ayni paytda uning hisobida terma jamoa uchun urilgan 138 ta gol bor.
Fikrlar