
Ronaldu, 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashasanmi?
Jahon chempionati oltin medali Krishtianu Ronaldu uchun katta armon bo‘lib qolmoqda. Shu bois, ko‘pchilikni 39 yoshli hujumchining 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashishi qiziqtiryapti.
Portugaliya terma jamoasi sardori bu masalaga oydinlik kiritdi.
- O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. 2026 yil borasida aniq fikr ayta olmayman. Real vaqtda yashayapman va u hozircha juda ijobiy kechyapti.
Biz terma jamoa bilan Millatlar ligasida muvaffaqiyat qozonishga urinib ko‘ramiz. Lekin 2026 yilgacha hali ancha vaqt bor, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu xalqaro miqyosda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan rekordchi hisoblaandi. Portugaliyalik yulduz o‘z yurti terma jamoasida 212 ta bellashuvda raqiblar darvozasiga 130 ta to‘p kiritgan.
Fikrlar