Ronaldu - futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar!
"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Ronaldu Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda (3:2) xet-trik qayd etdi va faoliyatidagi gollari soni 807 taga etkazib oldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u 805 ta gol muallifiga aylangan chexoslovakiya va avstriyalik hujumchi Yozef Bitsanni ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2021 yilda 760 ta gol urganidayoq eng yaxshi to‘purar sifatida tan olingan edi, ammo keyinroq Chexiya futbol federatsiyasi bu rekordni rad etib, Bitsan 821 ta gol urganini ko‘rsatdi. Biroq, FIFA Bitsanning roppa-rosa 805 ta gol urganini tasdiqladi.



Fikrlar