Ronaldo klublarini sotishni boshladi

  • 30 aprel, 2024, 13:44
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo "Kruzeyro" jamoasidagi 90% ulushini yirik supermarketlar tarmog‘i egasi Pedro Lourensoga sotdi. Braziliya matbuoti kelishuv qiymatini 600 million rial (taxminan 120 million dollar) deb baholamoqda. Sobiq futbolchi bu aktsiyalarni 2021 yilda 400 million rialga sotib olgan.

Ronaldo boshchiligida klub Braziliya ikkinchi divizionidan yuqori ligaga ko‘tarildi, biroq o‘tgan mavsumda yana quyi ligaga tushib ketishga yaqin keldi va turnir jadvalida 14-o‘rinni egalladi.

"Men juda qisqacha gapiraman, keyingi o‘rinda "Valyadolid". Keyinchalik futbol industriyasi bilan bog‘liq ish qilaman. Kelajakdagi loyihalarda yanada mas’uliyatli bo‘lishga harakat qilaman", - dedi braziliyalik futbolchi matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!