“Roma”ga o‘tib ketishim kerak edi!

  • 24 iyul, 2022, 12:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”ning 29 yoshli yarim himoyachisi Granit Jaka “Roma” vakillari bilan muzokara o‘tkazgani haqida gapirib berdi.

Tecno

- To‘g‘risini aytganda, ular meni “Roma”ga o‘tishim bo‘yicha muzokara olib borgandi. Hatto o‘tgan yozda ham Rimga ketish ehtimolim bor edi.

Aslida men “Roma”ga o‘tishga juda yaqin kelgandim, lekin “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta va sport direktori Jdu meni Londonda olib qolishga qaror qildi.

Lekin ungacha nomini oshkor qilgim kelmayotgan ayrim odamlar ketishim kerakligini aytgan edi, - dedi Granit Jaka.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino sheytsariyalik yarim himoyachining muxlisi hisoblanadi. U Rim klubini qabul qilib olganidan keyin bir necha marotaba Jakani o‘z jamoasiga og‘dirib olishga urinib ko‘rdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!