
"Roma"dan sharmandali start
"Roma" Italiya chempionati boshlanganidan beri uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Joze Mourino shogirdlari kecha Alberto Jilardino qo‘l ostidagi "Jenoa"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, mavsum avvalidan beri rimliklar hisobida bitta g‘alaba va ikkita durang ham bor. A Seriyaning 6-turidan so‘ng ular 5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni vaqtda "bo‘rilar" jadvalda 16-o‘rinda bormoqda va peshqadam "Inter" va "Milan"dan 10 ochko ortda qolyapti. Keyingi turda ular "Frozinone"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar