“Roma”da yana uch yil o‘ynayman!

  • 13 yanvar, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning etakchi himoyachisi Kris Smollingning shartnomasi yakunlanib bormoqda. Angliyalik futbolchida kelishuvni bir tomonlama uzaytirish huquqi bor.

Tecno

Biroq, 33 yoshli Krisga Angliya va Italiyaning qudratli klublaridan takliflar bo‘lyapti. “Roma” ham etakchi futbolchini qo‘ldan chiqarmoqchi emas.

Klub sport direktori Tyagu Pinto Kris Smollingga har mavsum uchun 3 million evrolik maosh bilan ikki yillik shartnoma bergan.

Biroq, angliyalik himoyachi uch yillik bitim so‘rayapti. Shu bois uning agenti Jeyms Fezerstoun Rimga keldi. U klub xo‘jayinlari bilan muzokara olib borishga hozirlik ko‘ryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!