
“Roma”: Yana ketadiganlar bor!
Rim klubi qishki transferlar davrida ancha faol ishlyapti. Hozircha, sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourinoga to‘g‘ri kelmagan o‘yinchilarni boshqa jamoalarga o‘tkazishda ancha samarali mehnat qilmoqda.
Bundan tashqari, rimliklar ancha nomdor va katta tajribaga ega ikki futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olgani ham e’tiborga molik masala.
Klub prezidenti Den Fridkin aslida yangi o‘yinchilarni olib kelishga qarshi emas. Lekin u Tyagu Pintoga har bir keladigan futbolchini hozirgi tarkibdan boshqa bir o‘yinchi o‘rniga olishni talab qilmoqda. Shu tariqa, u bir o‘q bilan ikki quyonni uryapti.
Rimdan ketadigan o‘yinchilar orasida Amadu Diavaraning nomi ko‘p yangrayapti. Afrikalik tayan yarim himoyachisiga “Valensiya” xaridor bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, frantsiyalik Jordan Veretuga ancha jiddiy klublar – “Napoli” va “Tottenxem”dan chorlov bor. Ispaniya chempionati vakili “Kadis” esa rimliklar tarkibidagi ispan hujumchisi Karles Perezga xaridor.
Bu transferlar bir necha kun ichida amalga oshirilishi mumkin.
Fikrlar