"Roma" Shomurodovni qanday sharoitda qo‘yib yuborishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

  • 25 yanvar, 2023, 18:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hali ham hujumchi Eldor Shomurodov uchun ijara takliflarini rad etmoqda. "Euro-Futbol.Ru" nashriga ma’lum bo‘lishicha, "Roma" hali Shomurodovni sotib olish huquqisiz ijaraga berishni istamayapti.

Tecno

Ayni damda rimliklar futbolchini 13-14 million evroga sotishni rejalashtirmoqda. Italiya va xorijdagi bir qator klublarning qiziqishiga qaramay, "bo‘rilar" haligacha hujumchini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berish yoki shunchaki ma’lum vaqtga ijaraga berish bo‘yicha birorta ham taklif qabul qilgani yo‘q.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Shomurodov bilan kelishuvga eng yaqini "Torino", biroq tomonlar o‘rtasida sotib olish shartlari bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilmagan.

Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Hamyurtimizning transfer narxi 7 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!