“Roma” Shomurodov raqobatchisidan voz kechmoqda

  • 1 iyun, 2023, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati 2021 yilning yozida transfer qilingan Temmi Abraxam bilan xayrlashishga tayyor. Angliyalik forvard Italiyadagi ikkinchi mavsumida kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, rimliklar Abraxam bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan va kutilgan mablag‘ to‘lansa, hujumchining yo‘lini to‘sishmaydi.

Abraxamning o‘zi ham kelajagi borasida aniq rejaga ega emas. Futbolchi Angliya premer-ligasiga qaytish fikridan to‘liq voz kechgani yo‘q.

Il Messaggero nashrining ta’kidlashicha, “Roma” rahbariyati o‘yinchini 45 million evro atrofida baholamoqda.

Temmi Abraxamga “Aston Villa”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Nyukasl” kabi jamoalardan qiziqish bo‘layotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!