
"Roma" rahbariyati bu futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Roma" rahbariyati angliyalik himoyachi Kris Smollingning Joze Mourino jamoasidagi ahamiyatini inobatga olib, uning shartnomasini uzaytirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
Calciomercato.com xabariga ko‘ra, himoyachining jismoniy holatiga nisbatan hech qanday shubha yo‘q. Har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor.
Aytish kerakki, “Roma” safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan Smollingning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Xabar qilinishicha, klub 32 yoshli futbolchiga qo‘shimcha bir yil berish va shu tariqa uni 2024 yilgacha uzaytirish uchun muzokaralar olib bormoqda.
So‘nggi bir necha oy ichida Smolling o‘zining sport formasini tiklab oldi va bu "Roma"ga juda zarur bo‘lgan himoya barqarorligini ta’minlashga yordam bermoqda.
Fikrlar