
“Roma” o‘yinchisini Angliyada kutishyapti
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino rasmiy o‘yinlar qaydnomasiga kiritmayotgan Rik Karsdorp tezroq Rimni tark etishni istamoqda.
27 yoshli qanot himoyachisiga takliflar yo‘q emas. “Montsa” niderlandiyalik futbolchi uchun jiddiy kurashdi, biroq bu jamoa Karsdorpning 2,2 million evro miqdoridagi yillik maoshini ko‘tara olmasligini tan olib, transfer harakatlarini to‘xtatdi.
Shunga qaramay, Karsdorp oldida yangi variantlar paydo bo‘ldi. Angliyaning “Sautgempton” va “Bornmunt” klublari o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan himoyachiga ish berishga tayyor. Har ikki klub vakillari futbolchining agentlari bilan bog‘langan.
Angliyaliklar Karsdorpni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. “Roma” rahbariyati esa, xaridorlar oldiga himoyachini 10-12 million evroga to‘liq sotib olish talabini qo‘ygan.
Fikrlar