"Roma" og‘zidagi oshini "Inter"ga oldirib qo‘yishi mumkin

  • 1 avgust, 2020, 22:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” safida ijarada o‘ynagan “Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Kris Smolling yangi mavsumni ham Italiyada o‘tkazishi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, rimliklar ayni damda Smollingning transferi masalasida mankunianliklar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Ammo, tomonlar uzoq muddat davom etayotgan muzokaralarga qaramay, o‘zaro til topisha olmayapti.

Smollingni o‘z safida ko‘rishni xohlayotgan “Inter” esa bu vaziyatdan unumli foydalanib, uni “Roma”dan ilib ketishi mumkin. Aytish kerakki, MYu 30 yoshli futbolchisining transferidan 30 mln evro ishlab olishni mo‘ljallamoqda.

Ma’lumot uchun, Smolling joriy mavsum “Roma” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!