
“Roma” Mourino haydagan o‘yinchiga narx belgiladi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorp bilan ishlamasligini ma’lum qilganidan keyin klub rahbariyati unga yangi jamoa qidirmoqda.
Sport direktori Tyagu Pinto Karsdorpni to‘liq transfer qilinishini istayapti. Bu mutaxassis Rikni ijaraga so‘rayotgan bir necha klub taklifini qabul qilgani yo‘q.
Rimliklar 27 yoshli futbolchini 10 million evroga baholagan. Unga “yuventus”, “Feyenoord” va Frantsiyaning bir necha klublari ko‘z tikmoqda.
“Roma”ning o‘zi Karsdorp o‘rniga boshqa ijrochi qidirmoqda. Ayni paytda ular “Real”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Alvaro Odriosolani olish bo‘yicha muzokaraga kirishgan.
Fikrlar