"Roma" jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 17 avgust, 2021, 17:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" himoyachisi Kris Smolling jarohat oldi. Bu haqda "Corrier Delo Sport" xabar tarqatdi. 

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, angliyalik futbolchi mashg‘ulotlarda sonidan jarohat olgan. Hozircha 31 yoshli himoyachi qachon safga qaytishi aniq emas. 

"Roma" Italiya chempionatida o‘zining ilk bahsini 22 avgust kuni "Fiorentina"ga qarshi o‘tkazadi. Avvalroq, "bo‘rilar" "Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam bilan shartnoma imzolagani e’lon qilgandi.

2020/21 yilgi mavsumda Kris 16ta o‘yinda maydonga tushgan va  bitta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!