"Roma" ishtirokidagi va yana ikki bahs qoldirildi

  • 22 aprel, 17:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rim papasining dafn marosimi tufayli A Seriyaning uchta o‘yini boshqa kunga ko‘chiriladi.

Italiyaning fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati bo‘yicha vaziri Nello Muzumechining ma’lum qilishicha, shanba kuniga mo‘ljallangan sport tadbirlari boshqa sanaga qoldiriladi. O‘sha kuni papaning dafn marosimi o‘tkaziladi.

26 aprel kuni A Seriyaning uchta o‘yini bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi: "Komo" - "Jenoa", "Inter" - "Roma" va "Latsio" - "Parma".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!