
"Roma" hujumchisi klub tarixiga kirdi!
"Roma" A Seriya 30-turida azaliy raqibi "Latsio"dan 3:0 hisobida ustun keldi.
Rimliklar yulduzi Temmi Abraham birinchi taymdayoq ikki bor "burgutlar" darvozasini ishg‘ol etib, joriy mavsum klub safida urgan gollari sonini 23 taga etkazib oldi. Shu tariqa, angliyalik hujumchi "bo‘rilar" tarkibidagi debyut mavsumida kiritilgan gollar soni bo‘yicha rekordni yangiladi.
Avvalgi eng yaxshi natija Vinchentso Montella hamda Gabriel Batistutaga tegishli edi. Har ikki futbolchi Rimdagi ilk mavsumida 21 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
24 yoshli forvard uchun hali mavsum yakunlanmaganini hisobga olsak, u o‘z ko‘rsatkichini yanada yaxshilab olish imkoniyatiga ega.
Fikrlar