"Roma" futbolchisi yanvarning o‘zidayoq jamoani tark etishi mumkin

  • 9 yanvar, 2024, 14:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" futbolchisi Renatu Sanshesh qishda klubdan ketishi kutilmoqda. Unga Gretsiya, Turkiya va Frantsiya chempionatlaridan takliflar kelib tushyapti. 

Tecno

Insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, futbolchining doimiy jarohat girdobida ekani rahbariyatga ham, murabbiylar shtabiga ham ma’qul kelmayapti. Hozirda unga "Olimpiakos", "Beshiktosh" va PSJ kabi klublar qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Renatu joriy mavsum A Seriyaning 5 o‘yinida bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!