“Roma” futbolchisi Pogbaning o‘rnini egallaydi

  • 9 noyabr, 2021, 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi rahbariyati 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatining saralash turniri doirasida noyabr oyida o‘tkaziladigan uchrashuvlarga chaqirtirilgan futbolchilar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritdi.

Tecno

Terma jamoaga chaqirilgan “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba jarohat olgani tufayli ro‘yxatdan chiqarildi. Tajribali yarim himoyachi o‘rnini “Roma” vakili Jordan Veretu egallaydi.

Eldor Shomurodovning jamoadoshi Frantsiya terma jamoasida sentyabr oyida debyut qilgan edi. Endi Veretu 13 noyabr kuni Qozog‘iston va 16 noyabrda Finlyandiya bilan bo‘ladigan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘radi.

Veretu joriy mavsumda A Seriyada 12 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.

Italiya jurnalistlari Shomurodovning super o‘yiniga qanday baho berdi?

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!