“Roma” futbolchisi maydonga shoshilmoqda

  • 9 noyabr, 2021, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jarohatini davolash bilan band bo‘lgan "Roma" himoyachisi Kris Smolling tezroq maydonga qaytishni istayapti. Angliyalik himoyachi 21 noyabr kuni “Jenoa”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda ishtirok etishni maqsad qilgan.

Tecno

Smolling bir oy muqaddam “Empoli” bilan bo‘lgan o‘yin boshida shikastlangan edi va hamon davolanishni davom ettirmoqda.

31 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Roma” uchun oltita uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq, Rim klubi rahbariyati Smolling ko‘p jarohatlanayotganini inobatga olib, uni boshqa klubga sotib yubormoqchi ekani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!