
"Roma" bugun yangi hujumchi transferini e’lon qiladi
"Roma" italiyalik hujumchi Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, forvard tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va bugun erkin agent maqomida "bo‘rilar" bilan shartnoma imzolaydi. Tomonlar shaxsiy bitim borasida kelishuvga erishgan.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning qo‘shimcha qilishicha, rimliklar Belotti bilan 3 yilga mo‘ljallangan bitim imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Andreaning kelishi, Shomurodovning boshqa jamoaga transferini tezlashtiradi.
Fikrlar