
“Roma” Abraxamga o‘rinbosar topdi
“Roma” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purari Temmi Abraxamga o‘rinbosar qidirayotgan edi. Joze Mourino bu vazifani “Torino”dan ketishga qaror qilgan Andrea Belottiga topshirishni istayapti.
La Stampa nashrining yozishicha, Belotti rimliklarga Abraxam mavsum davomida bir necha o‘yinda ishtirok etmay, to‘liq tiklanib oladigan paytda uning yo‘qligini bilintirmaslik uchun kerak bo‘ladi.
Lekin Italiya terma jamoasi hujumchisi bunga ko‘nishi qiyin. Chunki unga “Vest Xem” va “Toronto”dan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.
Belotti bu mavsum 28 ta o‘yinda 8 ta gol urdi. Uning shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.
Fikrlar