"Roma" 32 yoshli Pedroga 3 million evro maosh va’da qilmoqda

  • 29 aprel, 2020, 20:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Pedro Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “bo‘rilar” 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga yiligi 3 million evro maosh taklif qilishmoqda. Aytish kerakki, Pedroning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Pedro joriy mavsum “Chelsi” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!