Rolls Royce mashinasini pachoqlagan Reshford endi qimmatbaho Mers sotib oldi

  • 18 oktabr, 2023, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford sentyabr oyida qimmatbaho va kamyob hisoblangan Rolls Royce mashinasini urib olgan edi.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha, angliyalik forvard endi yana bir qimmat mashina xarid qildi. Bu gal futbolchi narxi 288 million evro turadigan Mercedes Sprinter mashinasini qo‘lga kiritdi.

Manbaga ko‘ra, Reshford bir oy avvalgi avariyadan keyin shaxsiy haydovchi yollashga qaror qilgan.

25 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda o‘n marta maydonga tushdi. Reshford bitta gol va uchta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bexruz Sharofov
19/10/2023 12:45
Gruzavoy moshinamasmi sprinter degani
&
Адхамжон Низомов
18/10/2023 22:54
288 миллион эмас,минг