Rodrigo: "Neymar menga terma jamoadan ketayotganini aytdi"

  • 20 iyun, 2022, 15:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi va "Real" klubi vingeri Rodrigo Neymar haqida gapirib o‘tdi. Aytishicha, u tez orada terma jamoadan ketishini ma’lum qilgan.

Tecno

"Neymar menga terma jamoadan ketayotganini aytdi. Undan qolgan 10-raqam esa menga berilishi ko‘zda tutilgan ekan. 

Men hech nima deya olmadim. Hijolat bo‘ldim, kula boshladim. Ammo gapirishga juratim etmadi. 

Keyin men u hali o‘ynashi kerakligi, hozir jamoadan ketmasligini istashimni aytdim. Shundan so‘ng u kulib yubordi", - dedi "Real"ning o‘ng qanot hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, Neymardan oldin Braziliya terma jamoasining 10-raqamli libosi ostida Pele, Ziko, Rivaldo va Ronaldino kabi afsonalar harakat qilgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!