
Robert Levandovski: "Ijtimoiy tarmoqlarsiz ham yashash mumkin"
Robert Levandovski ijtimoiy tarmoqlardagi bosim futbolchilarga qanday zarar etkazishi haqida gapirdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarsiz yashagan paytlarni eslayman. To‘g‘ri biz sportchilarmiz. Lekin avvalo barcha qatori odamlarmiz. Bizda ham his-tuyg‘ular bor va kuchli bo‘lish qanchalik muhimligini bilamiz. Chunki endi real hayotda aytmaydigan narsalarni internetda aytish juda oson. Afsuski, zamonaviy futbolda ham ruhiyati kuchli bo‘lmasdan xarakat qilish qiyin.
Bilasizmi, yosh futbolchilar ko‘pincha kichik paytida ko‘p jarohat olishadi. Ijtimoiy tarmoqlar ta’siridagi psixologik holat tufayli mazkur o‘yinchilar kelajakda 10 yil yuqori saviyada o‘ynay olishini kuta olmaymiz. Bu juda qiyin. Ijtimoiy tarmoqlar shu jixatidan futbol olamida biroz muammo tug‘dirishi mumkin. Albatta, bu futbol uchun biroz muammodir", - dedi "Barselona" klubi va Polsha milliy terma jamoasi hujumchisi
Fikrlar