Riyod-2025. Engil atletikachilarimiz delegatsiyamizga to‘rtta medal taqdim etdi
Xabaringiz bor Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugundan bahslarga kirishgan engil atletikachilarimiz delegatsiyamiz g‘aznasini boyitishni boshlashdi. Balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan Barnoxon Sayfullaeva 1.84 metr bilan oltin, Valeriya Gorbatova esa 1.81 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Bosqon uloqtirish sektorida yana 2 medal qo‘lga kiritildi. Erkaklar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda 74.44 metr natija ko‘rsatgan Suhrob Xodjaev kumush, 74.12 metr qayd etgan Ayubxon Fayozov esa bronza medaliga ega chiqdi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar