
Rivaldo Iskoga qanday maslahat berdi?
“Barselona” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldo “Real” xavbeki Iskoning kelajagi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Isko Xames Rodrigesdan o‘rnak olishi mumkin. Bu qanday qilib muvaffaqiyatga erishishning yaxshi namunasidir. Hozir Xames “Everton”da yaxshi o‘ynamoqda. Zinedin Zidan unga ishonchsizlikni davom ettiraversa, Isko Xamesning yo‘lidan borishi mumkin”, - dedi Rivaldo.
28 yoshli Isko 2013 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar