"Riga" - "Paxtakor". Prevyu
"Paxtakor" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasidagi "Riga" - "Paxtakor" o‘rtoqlik o‘yini uchun prevyuni e’lon qildi.
"Sherlar" BAA yig‘ini doirasida uchinchi nazorat o‘yinida Latviyaning "Riga" jamoasi bilan bellashadi.
2015 yil ikki klubning birlashuvidan keyin, Latviya chempionatida ishtirok etishni boshlagan "Riga" juda tez fursatda mamlakat etakchisiga aylandi. Birinchi ligada 2015 yil g‘olib chiqqan jamoa, so‘nggi uch mavsumda Latviya chempioniga aylandi. Mixail Konev "Riga" klubi bosh murabbiyi sanaladi. Ushbu raqib bilan jamoamiz hozirga qadar to‘qnash kelmagan.
"Riga" va "Paxtakor" o‘rtasidagi nazorat bahsi 3 fevral, chorshanba kuni Dubaydagi "Jebel Ali" majmuasida Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi", - deyiladi klub matbuot xizmati taqdim etgan prevyuda.



Fikrlar