Reshford qaysi klubda o‘ynamoqch ekanligini aytdi

  • 21 iyun, 22:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Barselona"ga o‘tish istagi borligi haqidagi savolga izoh berdi. Futbolchidan kataloniyalik hujumchi Lamin Yamal bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyati haqida so‘rashgan.

Tecno

Reshford The Sun nashri orqali xBuer YouTube kanaliga quyidagicha javob bergan:
"Ha, albatta. Hamma eng yaxshilar bilan birga o‘ynashni xohlaydi. Qani endi, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz."

Ayni paytda Markus  Ispaniyada ta’tilda. U bu mamlakatni yoqtirishini aytgan hamda Angliyada "Arsenal"da, Ispaniyada esa "Barselona"da o‘ynagan frantsuz afsonasi Terri Anrini eslab o‘tgan.

Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!