
Reshford katta ishga qo‘l urdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford pandemiya davrida muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ to‘pladi. Bu pullar 3 ming kishini ovqatlantirishga etadi.
- Do‘stlar ajoyib xushxabar. Biz iyun oyini oxiriga qadar Britaniyada 3 million muhtojni oziq-ovqat bilan ta’minlashni maqsad qilgandik. Bugun kerakli mablag‘ni to‘play oldik. Hammaga rahmat, - dedi Reshford.
Reshford mamlakatdagi birorta bolaning och qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, ko‘p oilalarga yordam kerakligini alohida ta’kidladi.
Fikrlar