Reshford de Bryuyne va Lukaku qatoriga qo‘shildi

  • 23 iyun, 2020, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Roc Nation Sports" agentligi mijoziga aylandi. Ushbu agentlikka Jay-Z taxallusi ostida tanilgan mashhur amerikalik reper Shon Karter rahbarlik qiladi.

Tecno

Jay-Z agentligi mijozlariga ko‘plab mashhur sportchilar, jumladan, Aksel Vitsel, Kevin de Bryuyne, Romelu Lukaku va basketbolchi Kayri Irving kiradi.

Joriy mavsumda Reshford MYu safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 6 assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!