
“Real”ning yangi futbolchilari qaysi raqam ostida o‘ynashi ma’lum
Madridning "Real" klubi La Liganing navbatdagi mavsumi uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mavsum oralig‘ida klubni tark etgan to‘rt nafar futbolchining raqamlari yangi kelganlarga berildi.
12-raqamni Alvaro Odriosola oldi, Antonio Ryudiger esa Isko to‘p tepgan 22-raqam ostida o‘ynaydi. Garet Beylning raqami Orelen Chuameniga berildi - 18. Eduardo Kamavinga avvalroq Luka Yovich o‘ynagan 16-raqamni oldi.
14 avgust kuni Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionati 1-turi doirasidagi bahsda “Almeriya”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar