“Real”ning gollarida Husanovning aybi bormi?

  • 20 fevral, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi formatda o‘tkazilayotgan Evropa Chempionlar ligasi doirasidagi eng zo‘r to‘qnashuvlardan biri  musobaqaning amaldagi g‘olibi “Real” va Angliya chempioni “Manchester Siti” o‘rtasida bo‘ldi.

Tecno

Bu ikki gigantning o‘zaro raqobatida madridliklar birinchi uchrashuvda Xosep Gvardiola shogirdlarini Manchesterda 3:2 hisobida engib qaytgangandi.

Keyingi bosqich masalasi Madriddagi javob o‘yinida uzil-kesil hal bo‘ldi. “Santyago Bernabeu” arenasi mezbonlik qilgan bellashuvda manchesterliklar kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi. Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z qudratini yo‘qotgan “Manchester Siti”ni yana uch bor jazoladi.

Kilian Mbappening o‘zi xet-trik qayd etib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. Niko Gonsalesning o‘yin yakunlanishi arafasidagi birgina goli hech narsani o‘zgartirgani yo‘q.

Biz uchun ahamiyatlisi, Abduqodir Husanov o‘z faoliyati ilk bor Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etdi. Umid qilamizki, bu oxirgisi emas, Abduqodir qit’aning eng nufuzli musobaqasida hali ko‘p bor maydonga tushadi.

Ushbu bellashuvdan keyin dunyoning turli mamlakatlaridagi mutaxassislar, ekspertlar, umuman futbol jamoatchiligi har ikki jamoa va o‘yinchilarning harakatlarini muhokama qilmoqda. Xususan, “Manchester Siti” asosiy tarkibiga kirib borayotgan Abduqodir Husanov ham bundan chetda qolayotgani yo‘q.

O‘zbek futbolida chuqur iz qoldirgan sobiq hujumchi Ja’far Irismetov 20 yoshli himoyachimizning o‘yiniga quyidagicha baho berdi.

- Abduqodir Husanov “Real”ga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi. U qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, deyolmaymiz. Shunchaki, “Manchester Siti” o‘yinida umumiy pasayish kuzatilmoqda.

Husanov Kilian Mbappe gol urgan vaziyatlarda uni to‘xtatib qolishi mumkinmidi? Albatta, mumkin edi, lekinyu gollarning hech birida Abduqodirning to‘g‘i-dan to‘g‘ri aytib yo‘q.

Husanov o‘z darajasida o‘ynadi va sekin-asta asosiy tarkibdan joy olib bormoqda. Umuman olganda esa, “Manchester Siti” jamoaviy yomon himoyalandi, Husanov o‘z darajasida to‘p tepdi, deyishimiz mumkin, - dedi Ja’far Irismetov.

“Manchester Siti” qishki transferlar davrida to‘rt futbolchi uchun 200 million evrodan ortiq pul sarfladi. Xususan, “shaharliklar” Abduqodir Husanovni olish uchun Frantsiyaning “Lans” klubiga 40 million evro badal puli to‘ladi va yana 10 million evro miqdorida bonus ajratadi.

20 yanvar kuni Manchesterga ko‘chib o‘tgan Abduqodir Husanov hozirgacha Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Husanov o‘zi o‘ynagan to‘rt uchrashuvdan uchtasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Endi “Manchester Siti” oldinda yana bir jiddiy to‘qnashuv kutib turibdi. Xosep Gvardiola shogirdlari 23 fevral kuni o‘z maydonida Angliya chempionati peshqadami “Liverpul”ni qabul qiladi.

Husanovning tarixiy debyuti Angliyada qanday baholandi?

Husanovning nomi “Real” va Evropa Chempionlar ligasi tarixiga yozildi

 

Husanovning “Siti”dagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi!

Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fayzullaev xavotirga solyapti!

Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
20/02/2025 17:13
Абдиқодир билан қанча фахрлансак арзийди.