“Real”ning Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga “Barselona” sababchi!

  • 29 may, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida g‘alaba qozonishiga prmeraning 29-turida “Barselona”dan uchralgan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Marca nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, o‘sha mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy Karlo Anchelotti “Real” prezidenti Florentino Peres bilan klub bazasida uchrashgan. O‘zaro suhbat chog‘ida italiyalik murabbiy rahbarga holatni to‘g‘ri tushuntirib, shogirdlariga ishonchi yuqori ekanini ta’kidlagan.

- Janob prezident, aslo xavotir olmang, biz Ispaniya chempionatida ham, Chempionlar ligasida ham zafar quchamiz, - degan Karlo Anchelotti o‘shanda.

Murabbiylar shtabi vakillarining tahliliga ko‘ra, “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Selta”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv ham muhim ahamiyat kasb etgan. O‘shanda uzoq vaqt raqib qarshiligini sindirolmagan madridliklar 70-daqiqa Karim Benzemaning penaltidan kiritgan golidan keyin hisobni o‘z foydasiga o‘zgartirgan. Aynan o‘sha murakkab to‘qnashuvdan keyin “Real” futbolchilari o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta uyg‘ota olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!